Shahvoniy nuqtalar 18+

Jinsiy hayot kechirish uchun erkaklar va ayollar o‘z juftlarining xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak. Bu xususiyatlardan biri shahvoniy nuqtalar, tibbiy til bilan aytganda, erogen zonalaridir (jinsiy qo‘zg‘alishga olib keladigan, jinsiy qo‘zg‘a-lishni kuchaytiradigan tana qismlari erogen zonalar deyiladi). Shahvoniy nuqtalar ayollarda ham, erkaklarda ham bo‘ladi. Bunday nuqtalar ayol va erkak tanasining turli qismlarida joylashgan. Shahvoniy nuqtalar joylashgan yerlarga qo‘l yoki biror narsa bilan ta’sir qilinsa, jinsiy aloqaga moyillik paydo bo‘ladi.

Erogen zonalari jihatidan ayollar erkaklardan birmuncha farq qiladilar, bu ularda erogen zonalarga kiruvchi tana qismlari-ning ko‘pligi va o‘ziga xosligi bilan ifodalanadi. Ayollarning erogen zonalariga ko‘pincha jinsiy a’zolaridagi kichik va katta lablar, klitor, sonining yuqori va tashqi qismlari, ko‘z atrof-lari, qovoqlari, lab va og‘iz bo‘shlig‘i, til, tanglay, quloqning zirak taqadigan qismi, bo‘yni, ko‘kraklar, siyna tugmachalari, yelkaning kurak qismlari, qo‘llari, tovonlari, oyoqning panja qismi, boshining ensa qismlari va boshqalar kiradi. Lekin har bir ayolning uni nihoyatda qo‘zg‘atadigan, faqat uning o‘zi uchungi-na xos bo‘lgan individual zonalari ham bo‘ladi.
Umuman ayol badanining hamma joyi, agar uni sevgilisi sevib silasa, erogendir. Eng kuchli erogen joy klitordir. Klitorning bosh qismidagi nerv uchlari olatdagiga nisbatan 3—4 barobar ortiq bo‘lib, salgina ta’sir qilish natijasida 3—4 barobar tez va kuchli qo‘zg‘alish sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham klitor orgazmi qin orgazmiga nisbatan nihoyatda jadal (intensiv) hiso-lanadi va o‘tkir hislar bilan kechadi. Shu bois klitorning o‘zini qo‘zg‘atish tufayli ham jinsiy aloqasiz ayol to‘liq orgazmni his qilishi mumkin. Yevropadagi ko‘pchilik mamlakatlarda yoshlarning nikohgacha bo‘lgan uchrashuvlarida badanning, xususan jinsiy a’zolarning bir-biriga ishqalanishi (petting) bilan shug‘ullanishi-ning boisi ham shunda. Petting yuzaki va davomli bo‘lishi mumkin. Yuzaki pettingda qiz va yigitning bir-biri bilan quchoqlashishi, sonlarning sonlarga, ko‘krakning ko‘krakka tegishi, kiyim ustidan ishqalanish tushunilsa, davomli petting deganda ikki yoshning kiyimsiz holda bir-birlari bilan jinsiy aloqasiz, jinsiy a’zo-arini bir-biriga ishqalash natijasida qo‘zg‘alish holatiga keltirish orqali yigitning tabiiy orgazmni, qizning esa klitor orgazmini his etishi tushuniladi.
Ayollarning yana bir kuchli shahvoniy nuqtalaridan biri ko‘kragi — siynasi. Ayollar ko‘kragi har xil shaklda bo‘lib, ayniqsa, «ki-yik ko‘krak»ligi nihoyatda chiroylidir. Umuman ko‘krak shakli ayol kishining timsolidir. Ko‘krak tugmachalarini og‘ritmay, mayin o‘pish, til bilan qitiqlash yoki qo‘l kafti bilan nozik harakat ila silash ayoldagi shahvoniy holatni nihoyatda kuchli qo‘zg‘atadi. Ayol soni ichki yuzasini ohista silash yoki o‘pish, unda refleks yo‘li bilan qo‘zg‘alish ro‘y berishiga sababchi bo‘ladi. Sonning pastki qismi, ayniqsa tizza bo‘g‘imidan sal yuqori qismini mayin bosilsa, kuchli qo‘zg‘alish hosil bo‘ladi.
Shahvoniy qo‘zg‘atishda o‘pichning ahamiyati nihoyatda katta. Dudoklardan, kuzlardan, dahan ostidan o‘pish ayol uchun nihoyatda rohatbaxshdir. O‘pishishda ayol tomondan ham ximmat ko‘rsatilishi kerak, qilingan o‘n chandon himmat yuz chandon izzat bo‘lib qaytishini unutmang. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ayol organizmi shahvo­niy nuqtalarga nihoyatda boy, lekin bu nuqtalar tabiat bag‘rida yashirinib yotgan qazilma boyliklarga o‘xshashdir. YA’ni yerning o‘zi qanday qazilma boyliklarga ega ekanligidan xabari bo‘lmagani kabi, ayollar ham ma’lum yoshgacha qanday kuchli shahvoniy nuqta­larga ega ekanligini, bu nuqtalarning qayerda joylashganligini va qay darajada erogenlik kuchiga ega ekanligini bilmaydilar. Ba’zilar buni mutlaqo bilmay o‘tadilar. Jinsiy malakaga ega bo‘lgan erkak esa ayoldagi bu tilsim joylarni ochib, uni jinsiy hayot uchun yo‘naltiradi. Bu sirli joylarni anikdash erkak kish-dan quruq malakadan tashqari katta chidam, iltifot va mehr-muhabbatni talab qiladi.
Shahvoniy nuqtalarni «qidiruvchi» erkak kishi bo‘lgani bi­lan ayol tom ma’noda «yerga» o‘xshab yotmasdan, shu sohalari ta’sir-langandan paydo bo‘layotgan hislarga e’tibor berishi, shahvoniy nuqtalari erkak kishi tomonidan aniqlanayotganda unga yaqindan yordam berishi, toqatsizlik bilan noto‘g‘ri, shoshilinch xulosa-larga kelmasligi lozim. Erkak kishining xatti-harakatlaridan uyalmaslik, uning xatti-harakatlarini g‘ayritabiiy idrok qil-maslik, uning chidam, matonat bilan izlanishi natijasida aniq-langan erogen «topilmalaridan» zavqlanish, uning xatti-hara­katlarini emotsional rag‘batlantirish va yangi izlanishlarga chor-lash kerak. Bu esa hayotni endi boshlagan qayliqlarning jinsiy hayotda tez orada garmoniyaga kelishiga, bir-birlaridan maksimal zavqlanishga, individual imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olishga va haqiqiy, betakror jinsiy hislardan baxramand bo‘lishga imkon beradi.
Erkaklarning shahvoniy nuqtalarini erogenlik kuchiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin. Kuchli erogen zonalariga jinsiy a’zolar, shular ichidan, ayniqsa, olatning bosh shemi va tuxumlar kiradi. Nisbatan kucheizlariga lablar, til, yuz, bo‘yin, kaft kiradi. Olat boshi orqa tomonining teriga birikkan joyi er-kakning eng kuchli shahvoniy nuqtasidir. Bu nuqtani tibbiy tilda «trigger zonasi» deyiladi. Erkak kishi tanasidagi erogen zonalarining ayollardagiga nisbatan kamligi sababi erkak organizmining juda tez qo‘zg‘ali-shi va jinsiy aloqaga tayyor bo‘lishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Erkak kishining jinsiy aloqaga tayyor bo‘lishi ko‘pin-cha erogen zonalarga ta’sir qilmasdan yuzaga keladi. Ayol organiz-mida ereksiya bosqichi birmuncha davomli bo‘lganligi sababli erogen zonalarining soni va sifati katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jinsidan qat’i nazar, qo‘zg‘alish ayrim hollarda orgazm si-fatida erogen zonalaridan foydalanishdan tashqari, turli obyek­tiv shart-sharoitlar ichida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin ayrim kishilar mutlaqo hisobga olmaydigan hid analizatorla-ri — qabul qilayotgan yoqimli va yoqimsiz hidlar natijasida ham paydo bo‘ladi. Hidlarning yoqimli va yoqimsiz bo‘lish, shuningdek kuchli va kucheiz bo‘lishi ham ahamiyatga egadir. Masalan, er yoki xotinning og‘zidan chirigan yoki yuvilmagan tishlardan, shuning­dek bir necha soat oldin sarimsoq piyoz yeganligidan yoqimsiz, ba’zan esa badbo‘y hid kelishi mumkin. Bu hidlar turmush o‘rtog‘i-ni yetarli idrok qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ba’zan esa qo‘zg‘alishni nihoyatda qiyinlashtiradi. Erkaklar g‘oyatda yoqtir-maydigan hidlardan biri ayol og‘zidan sigaret hidining kelishi-dir. Hatto o‘zlari kashanda erkaklar ham bu hidlarni darhol sezadilar va bunga befarq bo‘lolmaydilar, va aksincha, tanadan yoqimli hidlarning kelishi, jumladan, sochdan qatiq emas, balki biron yoqimli shampun hidining kelishi erkak kishining ham, ayol kishining ham qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, orgazmning oson-roq va tezroq yuzaga kelishiga imkon beradi. Lekin bu yoqimli hidlar dimog‘ni bo‘g‘adigan darajada bo‘lsa, aks ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun xushbo‘y (o‘zingiz uchun ham, yaqin kishingiz uchun ham yoqimli bo‘lishi kerak) atir yoki o‘zga hidlar ozgina sezilar-sezilmas darajada bo‘lishi kerak.
Hidlarga bo‘lgan muno-sabat turli kishilarda turlicha bo‘lishi, ba’zilar umuman har qanday hidlarni ham yoqtirmasligini ham hisobga olish lozim. Xulosa qilib aytganda, jinsiy aloqadan oldin ozodalik qoida-lariga qat’iy rioya qilish, yoqimsiz hidlarni yo‘qotish uchun qo‘ltiq ostini va jinsiy a’zolarni yuvish, dezodorantdan foy-dalanish, xushbo‘y konfet so‘rish tavsiya etiladi.
Eng shahvoniy mushak. Tibbiyot fanlari doktori Ergash Salimovning «Lazzatlanish san’ati» (Toshkent, Uzbekistan FA «Fan» nashriyoti, 1997) risolasi fikr yuritilayotgan mavzuda «o‘zbekcha» yozilgan yaxshi kitobdir (uni topib o‘qishni maslahat beramiz). Ushbu kitobdan bevosita quyidagi matnni keltirishni lozim ko‘rdik.
1948 yili nemis shifokori Arnold Kegel seksopatologiya fani sohasida katta to‘ntarish yasadi. Juda uzoq tekshirishlar hamda mulohazalardan so‘ng, odam tanasidan ungacha kam tekshi-rilgan, juda kichkina, nozik, o‘ta shahvoniy mushak bor degan xulosaga keldi. Lotin tilida bu mushak «Rivosossudeal» deb, uzbek tilida esa, dumaloq — «dum mushagi» deb ataladi va u inson a’zolari-ning tos qismida joylashgan.
U ayollarda sevgi uchrashuvi va o‘yini vaqtida haddan tashqari taranglashib, chuqur va o‘ta rohatlanish (orgazm) va bu kayfi chog‘likning bir necha marta qaytarilishiga olib keladi.
Xotinlar jinsiy a’zosining qin qismida joylashgan bu mushak erkaklarning sevgi qurolini «temir iskanja»ga olib, ikkala sevishganlarga yuqori darajada rohatlanishni in’om etadi.
Shuni ham aytish kerakki, bu mushak nozik va quvvatsizdir, shuning uchun ham bu mushak tarangligini yuzaga keltirish hamda uni tutib turish har kimga nasib etavermaydi. Xo‘sh, unda nima qilish kerak? degan haqqoniy savol tug‘iladi. Aziz ayollar, buni iloji bu mushakni mashq qildirishdir. Buning uchun uni oldin tanib, hojatxonaga kichik bo‘shalishga (siyishga) kirganingizda yarim bo‘shashish yuz bergan zahoti siyishni to‘xtatib o‘rningizdan turasiz. Ana shu vaqtda sizdagi dumg‘aza dum mushagi taranglashib, siydikni to‘xtatadi. Bunday mashqni ehtiyotlik bilan oldiniga 2—3 sekund, keyinchalik ko‘proq vaqtga chiqariladi. Shunday qilib, har bir hojatga kirganda besh marta mashq qilish mumkin bo‘ladi. Oradan ikki oy o‘tgandan so‘ng bu mashq sizni muvaffaqiyat eshigiga olib keladi va bu mushakni taranglik holatida istagancha ushlab turi-shingiz mumkin bo‘lib qoladi. Bunday mashqni erkaklar ham qilsa yomon bo‘lmaydi. Nemis shifokorining ta’kidlashicha, arg‘imchoq uchuvchilarda rohatlanish uzoq, kuchliroq bo‘lib, urug‘ tashlashni boshqarish to‘liq bo‘ladi.


…Orgazm — evolyutsiya jarayonining anatomik va fiziologik jihatdan maftun qiladigan, ta’rifga ojiz rohatbaxsh zavq bera-digan tabiat in’omidir. Ayol nimaga ehtiyoj sezsa, nimaniki istasa, barchasi erkakda bor. Erkaqdagi ehtiyoj esa ayolda bor. Badan harorati, bosim, ritm tezligi ayol bilan erkakning bir-birlariga moye tushadiki, ular orgazm bo‘shalishi vaqtida hamma rohatni birga baham ko‘radilar, xuddi shunga o‘xshash jinsiy a’zolar harakati ham bir-biriga moye tushadi.
Erkak harakatida prostata bezi qisqaradi va ayolning qin hamda klitor harakatiga moye ravishda sperma (erkaklik urug‘i) otilib to‘kiladi. Mushak qisqarish va qisilishi jarayonini soat mexanizmlaridek bir qolipda boshqarib, kuchaytirib boradi. Bu mexanizmlarning biri prostatada, ikkinchisi esa klitorda bo‘lib, prostatadagisi eyakulyatsiya ritmini boshqarsa, ikkinchisi esa qin qisqarishini boshqaradi. Bu ritmlarning harakati bir xildir. Bu ikki mexanizm aniq bir xil tezlikda ishlaydi. Bu ritmlarning bir xilda ishlashini ta’minlovchi mexanizm markazi orqa miyada joylashgan.
Demak, lazzatning kaliti miyada — ruhiyatda. Buni hech ham unutmang.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan