Bir chimdim kulgi

Bir jinni ko‘zguga termulib o‘tirsa, do‘sti kelib:
— Nima qilyapsan?, – debdi.
— Mana bu ko‘zgudagi odamni eslay olmayapman, – desa Do‘sti ko‘zguga qarab turib:
— Ie, bu menman-ku, -dermish.

O‘rdak tovuqqa maqtanib: – Meni tuxumim katta bozorda 200 so‘m turadi, seniki esa kichkina 180 so‘m turadi! Tovuq: – Men 20 so’m uchun jonimni qiynamayman!!

Hayotimda 3 ta ayol bor ular: Onam, xotinim va qizim deb intervyu bergan qõshiqchiga buvisidan sms kelibdi:
— pensiya pulimga oberganlarim teshib chiqsin!

Yosh qiz otasiga:
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so‘zni unutdingmi qizim…? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo‘lib:
— Jamila? Bu nima deganing? – desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi… – debdi.
Otasi o‘zini yo‘qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g‘ilof ham kerakmi…? – dermish

— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Men soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Senga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!

Taksiga bir otaxon o‘tiribdi. Uch ming so‘mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so‘mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo‘q bo‘lib qolibdi. Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg‘urib yursa, kunlarning birida yana o‘sha otaxonni ko‘rib qolibdi:
— Men o‘sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo‘q bo‘lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, – desa, chol jahl bilan:
— Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to‘xtatasanmi?! Mashinadan to‘ppa-to‘g‘ri kolodetsga tushib ketgandim! – dermish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan