Mashhur mitti hikoyalar

Bir kuni E.Xaminguey tanishlari bilan garov boylaydi. U to‘rtta so‘zdan iborat, ammo o‘quvchini o‘ylantiradigan hikoya yozishga kelishadi. Buni qarangki, u garovda g‘olib bo‘ladi:
“Bolalar poyabzali sotiladi. Kiyilmagan”.

***

O.Genri Amerikada Eng qisqa hikoya tanlovida g‘olib bo‘lgan. Uning hikoyasida kirish, kulminatsiya va yechim ham bor edi:
“Haydovchi chekayotib, yoqilg‘i qancha qolganini tekshirish uchun benzobak tomon egildi. Marhum endigina 23 yoshga kirgandi”.

***

Frederik Braun ushbu qo‘rqinchli hikoyani bitgan:
“Yer yuzidagi so‘nggi odamzod xonada yolg‘iz o‘tiribdi. Shu payt kimdir eshikni taqillatdi…”

***

Eng qisqa avtobiografiya tanlovida bir fransuz ayoli g‘olib bo‘lgan. Uning tarjimai holi: “Avval mening silliq yuzim va g‘ijim yubkam bo‘lardi. Hozir esa teskarisi”.

***

Angliyada ham Eng qisqa hikoya tanlovi bo‘lib o‘tgan. Ushbu hikoyada qirolicha, Yaratgan, sevgi va sirlilik birvarakayiga jo bo‘lishi shart edi. G‘olib bo‘lgan hikoya shunday:
“-O, xudoyim, -tiz cho‘kdi qirolicha, -men homiladorman, ammo kimdanligini bilmayman!”

***

Charlz Enrayt “Ruh”

O‘sha hodisa yuz berishi bilan uyga keldim va xotinimga qayg‘uli xabarni aytishga shoshildim. Ammo u negadir meni eshitmadi. Payqasam, u menga umuman e’tibor qilmayotgandi. Qarshimda turar va bemalol ichimlik ichardi. So‘ngra televizorni yoqdi. Shu payt telefon jiringlab qoldi. U go‘shakni ko‘tardi. Uning yuzi naqadar o‘zgarib ketganini ko‘rdim. Xotinim o‘kirib yig‘lab yubordi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan